Yo‘l yoqasida “Yashil belbog‘”…

Date:

Xalqimizda “usti-boshingga qarab kutib olib, xulqingga qarab kuzatadilar” degan gap bor. Shu ma’noda, viloyatimizga tashrif buyuradigan mehmon ham birinchi navbatda Surxondaryoning shahar va tumanlarining ko‘chalari, qiyofasiga e’tibor qaratadi. Shukrki, yo‘llarimiz ravon, ko‘chalarimiz obod. Ammo yo‘l yoqalarida anvoyi gullar, mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, yashnab turgan b’lsa, nur ustiga nur, deyavering.
Surxondaryoni gul-u bo‘stonga, yashil makonga aylantirishni maqsad qilgan mahalliy aholi M39 avtomagistral yo‘lining Angor tumani “Kattaqum” mahallasidan o‘tgan qismida Yashil belbog‘” barpo qilish ishtiyoqida mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini olib borishdi.
Mazkur xayrli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov ham ishtirok etib, yaxshi niyat bilan bog‘ hududiga nihol qadadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun