Massivda gaz ta’minoti yaxshilanmoqda

Date:

Prezidentimizning 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini gazlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarning tashkil etilishi belgilandi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali , Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini gazlashtirish maqsadida 219 mmli gaz quvurini qurish uchun 12 nafar ishchi xodim jalb etilgan. Ular 4 ta maxsus texnikalar bilan ta’minlandi. Bugungi kungacha 4,5 kilometr gaz quvurlari tortib olib kelindi. Bu hududda qurilishi rejalashtirilgan mingdan ortiq xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylarni tabiiy gaz bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun