Eng to‘g‘ri yo‘l

Date:

Bir kuni amirni huzuriga bir ayol o‘z xojasidan (eridan) shikoyat qilib keladi va undan ajrashmoqchiligini aytadi. Shunda amir ayolga shart qo‘yadi:
— Sen tirik va sog‘lom sherni bo‘ynidagi uzun yolidan keltirsang, masalangni hal qilamiz. Faqat sen o‘zing sherdan u yolni qirqib olishing kerak.
Ayol hech narsaga tushunmaydi, ammo ilojsiz amirni shartiga rozi bo‘ladi.
Shu kundan boshlab, sherlar haqida astoydil o‘qib o‘rgana boshlaydi. Sherlarni qanday qo‘lga o‘rgatish, sherlar nimani xush ko‘rishi, ularga qanday muomala qilish haqida. Ayol nihoyat sherni qo‘lga o‘rgatib, uning yolidan qirqib olib, amirni huzuriga boradi.
Shunda odil amir aytadi:
— Ey ojiza ayol! Bir odamxo‘r jonivorga mehr berib qo‘lga o‘rgatibsan-u, o‘z eringga mehr bera olmabsanda. Bir vaxshiy sher haqida o‘qib o‘rganib, u nimani xush ko‘radi, qanday vaqt qanday muomala qilish kerakligini o‘rganib bilibsan-u, bolalaring otasini xulqini o‘zlashtirmabsan-da, nahotki, vaxshiy, aqli yo‘q sherni yo‘lga solgan aqling bir erkakni yo‘lga sololmasa — dedi…
Ayol o‘z xatosini anglab, uyalgancha ortiga qaytdi.
Oilada erkak podshoh, ayol vazirdir. Misoli erkak odam tanadagi bosh, ayol esa uning bo‘ynidir. Oqila ayollar boshni to‘g‘ri yo‘l va go‘zal tomonga bura oladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun