15-noyabrdan 15-dekabrgacha…

Date:

Sariosiyo tumani FVB xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi. Unda o‘quvchilarga kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, jumladan, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish hamda ayni holat yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish borasida keng tushunchalar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘z navbatida, o‘quvchilar uchun ushbu ko‘rgazmali seminar foydali bo‘ldi. Ular o‘zlari uchun kerakli bilim va tushunchalarni bilib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun