Xarajati kam, daromadi mo‘l

Date:

Sho‘rchi tumanining “Konabod” mahallasida tuyaqushchilik bilan shug‘ullanayotgan ishbilarmon bor. Temir to‘siq bilan o‘ralgan maydonda bahaybat tuyaqushlar boqiladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, tuyaqush boqishni boshlagan Humoyuddin Musurmonov allaqachon tadbirkor sifatida o‘z ishining hadisini egallagan ekan. Gap-so‘zlari, ish tajribasidan bunga amin bo‘lish mumkin.
— Tuyaqushlarimiz soni 6 dona. Tuyaqush juda tez ko‘payadi va kasalliklarga chidamli, immuniteti yuqori, — deydi H.Musurmonov. — Jonivorlar ichida o‘zining to‘yganini biladigan yagona jonzot tuyaqushdir. Uning ko‘rinishi bahaybat bo‘lgani bilan kunlik ozuqasi ikki kiloga teng. Jo‘jalari 200 gramdan ozuqa yeydi.
Tuyaqush tuxumi va go‘shtining foydali jihatlari juda ko‘p. Tuxumida xolesterin umuman yo‘q. Qand kasali va qon bosimi bor bemorlar ham uning tuxumidan bemalol iste’mol qilishlari mumkin.
Rejani katta olgan Humoyuddin tuyaqushchilikni davom ettirib, mo‘may daromad olishni ko‘zlagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun