Kitobi borning oftobi bor

Date:

Kitob targ‘iboti kirib bormagan xonadon, kitobxonlikka targ‘ib etilmagan fuqaro qolmadi nazarimda. Ammo hamma ham birdek kitob o‘qishga tutindi, deya olmaymiz rosti. Qayerga qaramang telefon, internet, zamonaviy texnika, ming urinmaylik, kitobning o‘rnini egallashga urinib yotibdi. Qo‘liga kitob ko‘tartirib suratga olish yoinki o‘zini kitob o‘qiyotgandek kimgadir yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni tamomila yig‘ishtirmas ekanmiz, biz kitobxon millat bo‘lib qolmaymiz.

Istaymizmi, yo‘qmi, bugungi yoshlarga mashina yoki katta-katta mukofotlar vada qilibgina kitob o‘qishga qaytarib bo‘lmaydi. Kitobni sevish, unga do‘st tutinish, kitobning inja tushunchalarini o‘z hayotida qo‘llay bilish esa asl kitobxonga xos. Haqiqiy kitob, ilm ixlosmandi hech bir ta’mayu muddaolarsiz, evaziga nimadir umid bog’lamasdan kitobdan dur qidiradi. Ana shunday kitobxonlarni tarbiyalay olsakkina, kitobxon millat bo‘lish orzusiga yetishimiz aniq.

Bugun joylarda kitobxonlik bo‘yicha qator tadbirlar, kechalar tashkil etilayotgani esa dilga biroz bo‘lsa-da taskin beradi. Kitobxon millatni sekin-asta shakllantirishga zamin yaratadigan bu kabi sa’y-harakatlar o‘zini oqlashi va hayotga tatbiq etilishi kerak aslida. Bo‘lmasa bor harakat chippakka chiqishi turgan gap.

Kitob insonni komillikka yetaklaydi. Hayot qoidalari yashash san’atini o`rgatadi. Kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma’naviy quvvat demakdir. Kitob insoniyat ongli hayoti va ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag‘rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir. Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi.

Boysun tumanida ham Kitobsevar millat shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” loyihasi asosida tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taʼmirlash yakuniy bosqichda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori ijrosi doirasida tuman Tibbiyot...

Faollar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyati,...

72-maktabda yangi o‘quv bino qurilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori ijrosi doirasida tumanning Mehrobod...

Jarqo‘rg‘onda noyob dendrologiya bog‘i tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya...
KunTun
KunTun