Husan “boʻron” yetishtirmoqda

Date:

Angor tumanining “Zang gilambob” mahallasi tuman markazidan 3 kilometr uzoqlikda. Mahalla ahlining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik. Ekin-tikin, mol-hol deganlari bilan ro‘zg‘or tebratib, orzu-havaslarini amalga oshirishadi. Ko‘chalarni kezsangiz har xonadonda mavjud issiqxonalarga ko‘zingiz tushadi. Dimog‘ingizga bodring hidi uriladi. Bodringga yondosh pomidor va bulg‘or qalampirlari pishib yetilgan manzara ko‘rgan ko‘zni quvnatadi.

Ushbu mahallada istiqomad qiluvchi Husan Turopovning tomorqasi 35 sotixdan ko‘proq. Bu maydonga har yili sabzavotlar ekib keladi. ammo qishda ham ham yerdan unumli foydalishni maqsad qilgan Husan 12 sotix yerga 3 ta issiqxona qurdi. Qish bo‘yi qilingan mehnat ayni paytda o‘z hosilini bergan, pomidor, bodringlar pishib yetilgan.

— Ikkita issiqxonamizga bodringning pikolino navi urugʻini fevral oyining boshida ekkandik. Bugungi kunga qadar 3-4 marotaba hosillarni yigʻib, mahalliy bozorlarga olib chiqdik. 5 sotixli issiqxonamizga pomidorning boʻron navidan ekkanmiz. Undan ham daromad olib boshladik. Mehnat qilib kam boʻlmayapmiz, — deydi dehqon Husan Turopov.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun