O‘zini oqlagan tashabbus

Date:

O‘zini oqlagan tashabbus
Aholini sog‘lomlashtirishga qaratilgan aksiya davom etayotir. Tibbiy tekshiruv ishlari, jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilib, bemorlar hayotga sog‘lom ko‘z bilan qarashni boshlaganidan aytish kerakki, aksiyadan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqlayapti.
Tadbir doirasida Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bir qancha og‘ir bemorlarda murakkab buyrak ko‘chirish operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi:
Fayzullo singari bemorlarning darddan forig‘ bo‘lib, tuzalayotgani o‘zi va yaqinlari qatori eshitgan quloqqa hush yoqadi. 5-6 oy avval qon bosimi ko‘tarilib, bosh og‘rig‘idan yotib qoladigan Fayzullo tekshiruvlardan o‘tgach, unda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi aniqlangan edi. Zudlik bilan operatsiya qilish, donor topish masalasi, yetmaganiga bu yo‘ldagi xarajatlar uni esankiratib qo‘ydi. Imkoniyati yo‘qligi, chorasizligi yashashga umidini so‘ndirdi. Viloyatda tashkil etilgan sog‘lomlashtirish aksiyasidagi ishtiroki esa Fayzulloning hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Poytaxtdan kelgan malakali jarrohlar yordami bilan ikki kun avval unga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi. Donor izlashga ham hojat qolmadi. Jon-jigari bo‘lmish akasi bir buyragini berib, uka hayotini saqlab qoldi. Ayni paytda Fayzullo Choriyevning ahvoli yaxshi. Tez kunlarda oyoqqa turib, sog‘lom hayotga qaytadi…

***

Farzand ulg‘aysa-da, ota uchun u bolaligicha qolaveradi. Bolaning joni og‘rimasin, ota-ona undan ham ko‘p ozorlanadi. 62 yoshli Toji To‘rayevning o‘g‘li Abdulla 35 yoshida kasallikdan so‘lib borayotgandi. Hammasidan ham ko‘ra otasiga qiyin bo‘ldi.
— Ko‘z oldingda norg‘uldek o‘g‘ling darddan so‘lib borayotganini ko‘rish og‘ir, — deydi T. To‘rayev. — Shukr, barchasi ortda qoldi. Toshkentdan kelgan shifokorlar jonimizga ora kirdilar. O‘g‘limga buyrak ko‘chirish amaliyotini o‘tkazishdi. Nasib bo‘lsa, tez kunda farzandim yana sog‘lom hayotga qaytadi. Buning uchun tibbiyot xodimlaridan minnatdorman.
Bemor bir necha yil gemodializ muolajasi yordamida davolanib kelgan. Ayni vaqtga kelib tashxis terminal bosqichga o‘tgani sababli uni hayotga qaytarishning yagona usuli sifatida buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti tavsiya etilgan.
Ayni paytda A.To‘rayev transplantolog mutaxassislar tibbiy kuzatuvi ostida. Quvonarlisi, uning buyrak faoliyati tiklanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bemorga otasi donorlik qildi…

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun