Musobaqaga Surxondaryo mezbonlik qildi

Date:

Sportga yo‘ldosh insonning tani sog‘, jismonan tetik bo‘ladi. Sog‘lom turmush tarziga amal qiladi. Yaxshiga yo‘ldosh, yomondan uzoq turadi. Shu sababdan ham yoshlarni u yoki bu sport turiga qiziqtirishga, ularni mardi maydon qilib, munosib rag‘batlantirishga harakat qilamiz.
Termiz tumanidagi sport maktabida umumta’lim maktablarining 5-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ham dzyudo sport turi bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 14 ta vazn toifasida o‘zaro bellashishdi. Qashqadaryolik yoshlar bo‘sh kelmay, birinchi o‘rinni egallashgan bo‘lishsa, samarqandliklar ikkinchi bo‘lishdi. Mezbon jamoalar ham bo‘l kelishmadi va uchinchi o‘rinni band etishdi.
Qizg‘in kechgan musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun