Yosh hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Date:

Boysunga borgan mehmon o‘zga bir dunyoga tushib qolgandek bo‘ladi. Milliylikka qaytib, o‘zbekona urf-odalarning, qadriyatlarimizning qadr topayotganiga milliy hunarmanchligimizning noyob durdonalari orqali amin bo‘ladi. Albatta, qandaydir buyum, libosmi xarid qilib, Boysunning bir bo‘lagini o‘zi bilan olib ketishni istaydi.
Boysunliklarning katta-yu kichigining qo‘li gul, yo hunarmand, yo chevar. Yasayotgan, tikayotgan san’at asarlariga milliylikni jo etishning uddasidan chiqqan insonlar. Tumanda ustoz-shogird an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilganki, ayni shuning uchun ham yoshgina hunarmanddan ham mohirona qo‘l ishi yaratilganining guvohi bo‘lasiz. Barkamol avlod bolalar maktabining hunarmandchilik to‘garagi a’zolari ham qo‘llari ancha kelishib qolgan yosh hunarmandlardan. Ular tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada esa milliy qadriyatlarimizning alohida o‘rni bor. Bu esa har bir yoshning, tomoshabinning qalbiga milliy g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun