Baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

Date:

Vaqtni mazmunli o‘tkazish usullaridan biri baliq ovidir. Do‘stlar davrasida ko‘lga qarmoq tashlab, baliq ovlashning ham o‘z gashti bor. Qarmog‘imizga kattagina baliq ilinsa bormi, oshig‘imiz olchi. Ammo, baliq ovlash jarayoni baliqlarning ko‘payish mavsumida bo‘lyaptimi, bu haqida o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Holbuki, baliq ovlashning ham o‘z qoidalari va talablari bor. Hukumat qarori (80-son, 09.02.2024-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. Qoidalar O‘zbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Qoidalar sun’iy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigatsiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tabiiy suv havzalarida yoyma to‘rlar (nakidka), ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet), maxsus tamg‘alanmagan va hisobga olinmagan har qanday to‘rlar, changakli ovlash vositalari (astraga), elektr qarmoq, mahkamlanadigan tuzoqsimon to‘rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Baliqlarning urchish davrida, ya’ni Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan – 31-maygacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun