Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi

Date:

Biz chet tillarini o‘rganib, o‘zimiz uchun dunyo va imkoniyatlar eshigini ochayotgan bir paytda dunyo xalqlarining-da o‘zbek tilini o‘rganishayotgani qalbimizga bir olam faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga tilimizning qiymatini, ahamiyatini ko‘rsatgandek bo‘ladi. Albatta, jahonning nufuzli oliygohlarida o‘zbek tili fani o‘qitiladi va talabalar ozmi-ko‘pmi tilimizni o‘rganishadi. Ana shunday jarayonning davomi sifatida Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi. Uni Tokio chet tillar universiteti xodimi Hidaka Shinsuke ishlab chiqdi.
Ushbu darslik bilan qiziqqanlarga aytishimiz mumkinki, qo‘llanma lotin alifbosi asosida yozilgan bo‘lib, 160 sahifa va 20 ta darslikdan iborat. Qolaversa, qo‘llanmaga qo‘shimcha tarzda og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun audio darslar ham tayyorlandi. Qo‘llanma 29-yanvarda sotuvga chiqariladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun