Sariosiyo aerodromiga ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Date:

Shoshilinch ravishda uzoq yo‘lga otlangudek bo‘lsak, birinchi navbatda samolyotda ketish xayolimizdan o‘tadi. Yaxshida, birgina viloyatimizdan Toshkentga qadar bir soat vaqtimiz sarflanib, manzilimizda bo‘lsak. Ammo, har doim ham reyslarning mavjud emasligi, qolaversa, vohaning Sariosiyo, Uzun, Denov kabi viloyat markazidan olis va chekka hududlaridan samolyotda ketish uchun Termiz shahriga kelishlari ham vaqdni, ham naqdni ketkazadi. Fuqarolarga yengillik kiritish maqsadida ana shunday vaziyatlarga munosib yechim topildi. Endilikda Sariosiyo tumanidan ham parvozlar amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airvays” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh «L-410» havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi. Ishchi guruh tomonidan ISAOning xalqaro normalariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma hamda aerodromning «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun