Xitoy tajribasi asosida

Date:

Sholichilikda Surxondaryo viloyatining-da o‘ziga yarasha tajribasi, sholichilik maktabi bo‘lsa-da, bu borada Xitoyga raqobatlasha olmasligi aniq. Sababi Xitoy sholikorlik uchun xos va mos iqim sharoitiga ega hudud bo‘lib, mahalliy aholi azaldan sholichilik bilan shug‘ullanib keladi. Sohadagi yutuq va muvaffaqiyatlar ham shunga yarasha, albatta. Ana shunday boy tajriba yurtimizda ham sinab ko‘rilsa, foydadan holi bo‘lmasligi aniq. Ayni maqsadda O‘zbekiston va Xitoyning BGI kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etilib, O‘zbekistonda sholi va boshqa ekinlarning maxsus navlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
BGI kompaniyasi vitse-prezidenti Terens Sion kompaniya faoliyati bilan o‘zbek tomonini tanishtirdi. Uning aytishicha, sholining maxsus navi bugungi kunda Guandun va Guansi provinsiyalari dalalarida sinovdan o‘tkazilgan va yuqori hosildorlik bilan birga suv hamda ishchi kuchini tejash bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Mazkur maxsus nav Osiyoning janubiy mamlakatlarida ham sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar holati xususida ham fikr almashdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun