Inson xavfsizligini uchun muhim qaror

Date:

Avtohalokatlar sabab qanchadan-qancha jarohatlanganlar, bir umr kemtik jonga aylanganlar-u qurbonlar bor. Raqamlar statistikasi o‘ylashga, tezlikni oshirmaslikka, qoidalarga rioya qilishga undasa, qaniydi. Afsus…
Mashina ruliga o‘tirayotgan haydovchi bu haqida ko‘p ham o‘ylamas, ammo davlat o‘ylaydi. Shirin jonlarni qonun va qarorlar bilan o‘ylashga da’vat etadi, kerak bo‘lsa, majburlaydi ham. “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining qabul qilinishi ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi deyish mumkin. Amaliyotga joriy etilayotgani kishini xushyorlikka va namunali haydovchi bo‘lishga chorlaydi.
Joriy yil 1-dekabrdan haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Har bir qoidabuzarlik uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi va ballar belgilangan miqdordan oshganda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi.
Qarorning quvontiradigan tomoni shuki, haydovchi muayyan davr mobaynida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyinchalik unga hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun