Hajviy asarlar ko‘rgazmasi

Date:

San’atning turi ko‘p. Bari kishiga estetik ruh, kayfiyat beradi. Tomosha zavqidan ma’nan dam olasan kishi. Shunday san’at turi borki, kayfiyatni ko‘tarib, kuldiribgina qolmay, yig‘latadi ham. Insonni sergaklikka chorlaydi. Atrofda nimalar sodir bo‘layotganini kuzatishga, anglashga undaydi.

Ha, karikatura san’ati ana shunday kuchga ega. U jamiyatdagi og‘riqlar, nuqson-u kamchiliklar, illatlar bilan sug‘orilgan. Shuning uchun ham tasvir kuchi katta ma’no anglatishga qodir. Axir satira faqat so‘zda emas, tasvirda qalam zarbasi bilan oqqa tushirilganda ham fosh etish qudratiga ega.

Har bir karikaturani tomosha qila turib, kishi tin oladi, anglashning cho‘qqisiga yetganda ongimizda qandaydir tebranish xulosa yasashga yordam bergandek, bari sintezlar yuz-ko‘zimizda ko‘rinish beradi. Qoralanganni ana shunday yengil kulgu bilan hazm qilgan tomoshabinni ba’zi bo‘rttirmalar tanqidi bir kaltaklab o‘tgandek bo‘ladi.

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik zalida ko‘rgazmaga qadam ranjida qilgan borki, ana shunday hislar iskanjasida qoldi. Ushbu zalda tashkil etilgan “Kulguga nima yetsin…” nomli hajviy asarlar ko‘rgazmasi ana shunday ta’sir va qiymatga ega bo‘ldi.

Mo‘jazgina zal 10 ga yaqin grafik rassomlarning 100 dan ortiq karikatura asarlari bilan bezatilgan. Hech biridan e’tiborsiz, tomosha qilmasdan o‘tib bo‘lmaydi. Asar mualliflari professionallik chizig‘idan balandlab, nazari oddiy inson anglamagan jihatlarni-da qalamga olgan iste’dodlar. Quvonarlisi, ular orasida surxonlik rassom, taniqli hajv ustasi Suvonqul Ahmedov va uning karikaturalariga duch kelishimizda.

Ha, kulguga nima yetsin… zora kulgularimiz qalamga olingan illatlarga barham bersa, chizilganlari muammolarni aritib, zaminga ezgulik ulasha olsa… faqat kulaylik…

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun