Kirish imtihonlarida test sinovi olinadigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Date:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasini e’lon qildi. Endilikda abituriyentlar yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar majmuasida ko‘rsatilgan 2 ta mutaxassislik fanidan tashqari majburiy fanlar: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan ham test topshiradi.
2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish natijasiga ko‘ra yo‘nalishlar nomi o‘zgarganda, shuningdek, yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra, fanlar majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun