50 TA MAKTABGA SPORT JIHOZLARI TOPSHIRILDI

Date:

Biz o‘qigan davrlarda maktab sport anjomlari bilan ta’minlanmagani uchun ham doimiy mashg‘ulotlar bilan band bo‘lardik. Bugungi kunda esa maktablarda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar kechagidan farq qiladi. Termiz shahridagi 26-maktabda Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev, maktab direktorlari va boshqa mas’ullar ishtirok etgan tadbirda 2023-yilda davlat budjetidan umumta’lim maktablarini jihozlash dasturiga asosan 50 ta maktab uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan 34 turdagi sport anjomlaridan iborat to‘plamlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Albatta, bugungi kunda viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari to‘liq sport anjomlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu maktablarda sport turlarining rivojlanishi va sohada yuqori natijalarga erishishga zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun