BMT O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildi

Date:

BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi.
Rezolyutsiya matnini ishlab chiqish va kelishish bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar jarayoni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda dunyoning barcha qit’alaridan, jumladan AQSh, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Misr, Argentina, Braziliya, Meksika kabi yuzdan ortiq davlatlarning ekspertlari faol ishtirok etdi. Ular, shuningdek, matnni o‘ziga xos mazmun bilan to‘ldirish va umumiy konsensusga erishish uchun ko‘plab takliflarni kiritdi.
Hujjat matnida O‘zbekiston prezidentining qator tashabbuslari, jumladan, «Markaziy Osiyo uchun «yashil» kun tartibi» va uning mintaqada barqaror rivojlanishga ko‘maklashishdagi roli alohida qayd etilgan. Rezolyutsiyada BMTga a’zo davlatlar O‘zbekistonning Xalqaro iqlim forumini 2024-yilda Samarqand shahrida o‘tkazish tashabbusini ham olqishladi.
Qolaversa, Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish borasidagi sa’y-harakatlarga e’tibor qaratilib, O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi faoliyatini kuchaytirish zaruriyati alohida ta’kidlangan. Shu bois, xalqaro hamjamiyatga ushbu jamg‘armani faol qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish to‘g‘risida murojaat yo‘llangan. Hujjatda cho‘llanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashda innovatsion usullar va yangi texnologiyalarni joriy etish muhimligi qayd etilgan.
Rezolyutsiyada Markaziy Osiyoda iqlim va ekologik tahdidlarga samarali qarshi kurashish maqsadida barqaror qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligi, chiqindilarni qayta ishlash, barqaror turizmni rivojlantirish, «aqlli shaharlar» va barqaror transportni yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Bosh assambleya, shuningdek, BMT tizimi, xalqaro va moliyaviy institutlar, xususiy sektor, investorlar va donorlarga Markaziy Osiyodagi ekologik muammolarni hal qilish uchun resurslarni safarbar etish, salohiyatni oshirish va yordam ko‘rsatishni davom ettirishni tavsiya qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun