Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Date:

Maktabgacha bo‘lgan bolajonlarni bog‘chaga qamrovini oshirish masalasida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovor, albatta. Kechagina bog‘cha ko‘rmay maktabga borgan yoshlar osmondan tushgandek, harf tanishi, hisob-kitobni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun bog‘chaga borib, so‘ng maktabga borayotgan o‘g‘il-qizlar harf tanigan, matematik amallarni bilgan, zukko va tirishqoqlik ila bilimlarini boyitishda davom ettirayotgani bilan ajralib turadi.
Angor tumanining “Yangi hayot” mahallasida 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilishi ham ana shunday zukko va bilimli bolajonlarni ta’lim-tarbiya qilishdagi qadamlarning davomi bo‘ldi. Zamonaviy uslubda qurilgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha qiymati 3 milliard so‘mni tashkil etadi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etishdi. Tuman hokimi barchani yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushgani munosabati bilan qutlar ekan, tarbiyaning negizi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamon talablari darajasida yuqori saviyada tashkil etish, zarur anjomlar, malakali kadrlar bilan ta’minlash yetuk, barkamol kelajak avlodni tarbiyalashda muhim omil ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun