1000 dona kitoblar jamlanmasi topshirildi

Date:

Mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning, qolaversa, barcha fuqaro vakillarini, ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Prezidentimiz viloyatimizga tashrifi chog‘ida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishda “Surxondaryo tajribasini” yo‘lga qo‘yish borasida vazifa topshirilgan edi. Joylarda, xususan, Sariosiyo tumanida topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 5-sektor “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bugun Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev Sharg‘un shahrida joylashgan ijtimoiy soha obyektlariga tashrif buyurdi. Tashrifning dastlabki manzili 8-DMTT hamda 5-sonli ingliz tili fani chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi bo‘lib, u yerda soha mutaxassislari ishtirokida ta’lim tizimida tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori”ning asosiy vazifalari mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida beshinchi sektor ishini keng yo‘lga qo‘yishda amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
“Ma’naviyat sektori” fondini yanada boyitish maqsadida maktab direktorlariga 1000 dona kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun