Qalb ko‘zi hamisha ravshan

Date:

Ikki ko‘zimiz ko‘rib, yuragimiz urib turgani uchun ham yon-atrofimizda yuz berayotgan voqe’liklardan xabardor bo‘lamiz. Zavqlanamiz, havaslanamiz, bir so‘z bilan aytganda, dunyoni turli ranglar va qiyofalarda qayta va qayta kashf eta boramiz. Aslida buning o‘zi inson uchun Yaratganning eng katta ne’matidir.

Ming afsuski, oramizda dunyoni qalb ko‘zi bilan ilg‘ab yashayotganlar ham bor. Ammo ular jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin, aslo mehr va e’tibordan, g‘amxo‘rliklardan mosuvo emas. Aksincha, mana shunday sabr-matonatli,  daryodil odamlar orasida o‘zni chetga olmasdan, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga, mehnati bilan jamiyatga hissa qo‘shishga intilib yashaydiganlari qancha.

Qiziriq tumanidagi  “Lochin” tantanalar saroyida to‘kin dasturxon yozilib, 55 nafar qalb ko‘zlari ila dunyoni anglaguvchi insonlar jam bo‘lishdi. Ularning faqatgina ko‘zlari ojiz. Ularning har biri  o‘z mehnati bilan, tuman rivojiga hissa qo‘shish ilinjida, bir kasbu-korning etagini tutgan.

Tadbir avvalida tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Erkin Saparov  so‘zga chiqib, yurtimizda hech kim e’tibordan chetda qolmasligini, ular doimo e’zozda ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari go‘zal kuy-qo‘shiqlarni tinglab, miriqib dam olishdi. Ularga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘z navbatida tadbir ishtirokchilari ham mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligini  izhor etishdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik ulashib…

Termiz shahrida inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va...

350 nafar obodonlashtirish xodimiga ehtirom ko‘rsatildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Surxondaryoda yurt obodligi va farovonligi...

Ezgulik va mehr ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryoda “Yagona Vatan,...

TerDU va Germaniya: yangi hamkorlik sari

Termiz davlat universitetida Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp...
KunTun
KunTun