“Yosh chegarachilar” maydonda sinaldi

Date:

Egniga harbiy libos kiygan er yigitlarni ko‘rganda, kishi qalbida harbiylarga nisbatan hurmat hissi ustuvor bo‘ladi, ba’zan hadik va hayiqish ham bo‘lishi tabiiy. Chunki harbiylar janjovor tayyorgarlik ko‘rgan, o‘qotar qurollarni ishlata oladigan, qo‘rg‘onni himoya qilishga shayligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Yoshligida bir bor bo‘lsa ham “men ham harbiy bo‘laman” demagan yigit bo‘lmasa kerak. Shundanmi, oilada o‘g‘il bola tug‘ilsa, ota-ona havaslanib, “o‘g‘lim harbiy bo‘lsin, el koriga yaraydigan mard yigit bo‘lsin” deya niyatni diliga tugadi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish esa har qachon dolzarb. Ayni shu maqsadda Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX chegara qo‘shinlari harbiy qism tomonidan Sariosiyo tuman hokimligi, DXX Uzun tumani bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, xalq ta’lim bo‘limi, Madaniyat markazi, sport ishlari bo‘limi, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  bilan hamkorlikda Sariosiyo tumani chegara oldi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada chegara oldi maktablar qoshida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klub a’zolari safda yurish va qo‘shiq kuylash sharti,  ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-huquqiy bilimlari sinovdan  o‘tkazildi. Shuningdek, yugurish, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to‘pponchani noto‘liq qismlarga tarqatish va yig‘ish bo‘yicha sport musobaqalari qizg‘in, shiddatli va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir konsert dasturlariga ulanib, qatnashuvchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yuksalish” harakati Latviya bilan hamkorlikda…

Latviya tashki ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi...

NOHAQLIK…

Hayotimiz tabiat bilan chambarchas bog‘liq. Insoniyat yaralibdiki, tabiat uning...

Termiz tumani yangi qiyofa kasb etib…

Respublikamizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Termiz tumanida ham keng...

“MAHALLA YETTILIGI” BILAN O‘ZARO HAMKORLIK AMALDA…

Bugun mahallalar jamiyat hayotining va islohotlarning boshlang‘ich nuqtasiga aylanmoqda....
KunTun
KunTun