Xorijiy hamkorlik

Date:

Xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishni kim ham istamaydi deysiz. Buning uchun talabadan talab etiladigani kerakli bilim, ko‘nikma hamda chet tillaridan birini bilish kifoya. Boshqa tomondan esa talaba tahsil olayotgan universitet ana shunday nufuzli oliygohlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi lozim.

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi, professor, doktor X.Sunaryo Kartadinata rahbarligida elchixona vakillari Denov tumaniga tashrif buyurib, ijtimoiy va iqtisodiy ishlar bilan tanishish bilan bir qatorda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham bo‘lishdi. Muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tashrif davomida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari, turli grantlarda qatnashish kabi mavzularda muzokaralar olib borildi. Qisqa muddat ichida talabalar Indoneziya davlatida o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin.


S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun