Yupiterdan ikki baravar katta…

Date:

Tinib-tinchimagan olimlar Yerdan 1232 yorug‘lik yili uzoqlikda Yupiterdan deyarli ikki baravar katta ekzosayyora borligini aniqlashdi. WASP-193b nomini olgan yangi sayyora Yupiterdan qariyb 50 foiz kattaroq, biroq shunchalik yengilki, uning umumiy zichligini paxta konfeti bilan solishtirish mumkin.
WASP-193b kabi ekzosayyoralar kam uchraydi va ular sayyoralar evolyutsiyasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ushbu quyoshga o‘xshash WASP-193 yulduzi atrofida aylanadigan ekzosayyora Quyoshning massasidan taxminan 1,1 marta va radiusidan 1,2 baravar katta, harorat va yoshi jihatidan Quyoshga juda yaqin. WASP-193b yulduz atrofida Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarga qaraganda ancha yaqinroq aylanadi: u har 6,25 kunda bir marta aylanadi.
Tadqiqotchilar ekzosayyoraning zichligini aniqladi: kub santimetr uchun 0,059 gramm. Yerning zichligi kub santimetr uchun 5,51 gramm. Yupiterning zichligi kub santimetr uchun 1,33 grammni tashkil etadi, bu mantiqiy – unda juda ko‘p bulutlar mavjud. Paxta konfeti har kub santimetr uchun 0,05 gramm zichlikka ega.

Oldingi sahifaQopqon
Keyingi sahifa1,2 milliard so‘m zarar…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun