Yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Date:

“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” loyihasi bugun katta-katta ishlarga, yaratuvchanlikka, bunyokorlikka sabab bo‘lyapti. Ushbu loyiha ishtirokchisi “Mega-Stroy-Start” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa zamonaviy klinikaning barpo etilayotgani esa fikrimiz isboti. Loyiha qiymati 11,5 milliard so‘mni tashkil etadi va mazkur klinikada davolash va diagnostika uskunalari Xitoy va Germaniya davlatidan olib kelinadi.
Qurilishi rejalashtirilayotgan klinika foydalanishga topshirilsa bormi, yillik xizmat ko‘rsatish xajmi 1,2 milliard so‘mni tashkil qiladi va 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida bo‘lib, ushbu zamonaviy klinika loyihasining taqdimoti bilan tanishdi.
Shuningdek, viloyat rahbari tuman markazidagi “Mustaqillik” va “Amir Temur” ko‘chalarini obodonlashtirish rejasi bilan ham tanishdi. Suhbat davomida mas’ullarga loyiha yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, hududni obod, fayzli, aholi xordiq chiqaradigan maskanga aylantirish vazifasi yuklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun