Bir emas ikkita…

Date:

Ishsizlikni bartaraf etish uchun hududda yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirish kerakki, natijada ishga tushiriladigan korxona, zavod va sexlarda ishchi kuchiga ehtiyoj seziladi. Qarabsizki muammo hal.
Yurtimizda, xususan Surxondaryo viloyatida ham amalga oshirilayotgan islohotlar ana shunday maqsadga xizmat qilayotir. Bu ishlarning davomi sifatida aytish mumkinki, “Bandixon agroklaster” MChJ tomonidan paxta va sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish hamda tikuvchilikni tashkil etish loyihasi amalga

oshirilmoqda. Umumiy qiymati qariyb 189 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 4 ming tonna ip kalava ishlab chiqarilishi reja qilingan. Natijada esa 600 ta ish o‘rni yaratiladi.
Ushbu loyiha bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘ldi. Hududdagi 4 ta mahallaning ishsiz, “daftarlar”da turgan fuqarolari bandligini ta’minlovchi loyiha bilan yaqindan tanishib, qurilish ishlarini belgilangan muddatda ishga tushirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun