Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi muhim masalalarni o‘rgandi. Dastlab “Angor kelajagi” savdo kompleksida yuz bergan yong‘in holati tafsilotlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga kelgusida bunday holatlarning oldini olish, yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng “Saidnosirxon” fermer xo‘jaligining paxta dalasida terim jarayonlari bilan tanishildi. Mavsum munosabati bilan ezgu niyatlar bilan duo qilinib, terimchilarga omad tilandi.

Tashrif davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” — Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida ham bo‘linib, nuroniylar va jamoatchilik vakillari bilan muloqot qilindi. Ular mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun