Har bir xonadon — e’tiborda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining Suvoqova ko‘chasida bo‘lib, xonadonlarning daromad manbalari, mavjud imkoniyatlari hamda kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni o‘rgandi.

Mahallada 19 ta oila davlat ta’minotida, 26 ta oila kambag‘allik reyestrida ekani qayd etilib, ularning muammolari xonadonma-xonadon tahlil qilindi.

Shuningdek, Baxtiyor Jo‘rayev xonadonidagi vaziyat o‘rganilib, oilada ikki nafar II guruh nogironligi bo‘lgan farzand borligi ma’lum bo‘ldi. Bolalarning sog‘lig‘ini tiklash va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mahalladagi kambag‘al oilalar va ishsiz yoshlar bilan muloqotda ularning muammo va takliflari tinglanib, imtiyozli kredit ajratish, tadbirkorlik uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash, uy-joylarini ta’mirlash hamda bandligini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Asosiy e’tibor — har bir xonadonning imkoniyatini ishga solish, daromad manbasini yaratish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun