Qulay, ochiq va shaffof

Date:

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan navbatdagi bunyodkorlik loyihasi yakunlandi. Umumiy qiymati 3,9 milliard so‘mlik yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega bino soliq tizimi xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish bilan birga, fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning qulayligi va samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangi binoning foydalanishga topshirilishi Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida amalga oshirilgan muhim bunyodkorlik ishlaridan biri bo‘ldi.

Endilikda bu yerda fuqarolarga yanada qulay, ochiq va shaffof xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun