Bolalar koʻrikdan oʻtkazildi

Date:

Bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmatni hududlarga yaqinlashtirish sog‘liqni saqlash tizimidagi ustuvor vazifalardan biridir. Shu maqsadda Qiziriq tumanida malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Prezidentning oliy tibbiy ta’lim muassasalari va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini hududlarga biriktirishga oid qarori ijrosi doirasida Respublika bolalar milliy tibbiyot markazining tajribali shifokorlari Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ko‘rik davomida bolalarning salomatligi kompleks baholanib, zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruv va davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yuqori malakali tibbiy yordamga muhtoj bolalar esa keyingi bosqich davolanishi uchun saralab olindi.

Mazkur tashabbus bolalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda zamonaviy va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun