“Surxon” qo‘riqxonasida jayronlar paydo bo‘ldi

Date:

Biologik xilma-xillikni asrash va yo‘qolib borayotgan noyob hayvon turlarini muhofaza qilish ekologik barqarorlikni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. “Surxon” davlat qo‘riqxonasida kuzatilgan navbatdagi holat bu boradagi sa’y-harakatlar samara berayotganini ko‘rsatmoqda.

Qo‘riqxonaning “Vandob” bo‘limidagi “Chashmapolvon” bulog‘i atrofi hamda “Jiydabuloqsoy” hududida uzoq yillardan buyon uchramagan 10 bosh jayron qayd etildi. Mutaxassislar bu holatni noyob turning tabiiy populyatsiyasi tiklanayotganidan darak beruvchi muhim ekologik voqea sifatida baholamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan jayronning qo‘riqxona hududida yana uchrashi amalga oshirilayotgan muhofaza tadbirlarining samarasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur holat noyob yovvoyi hayvonlarni asrash, ularning tabiiy yashash muhitini tiklash hamda ekologik muvozanatni mustahkamlash yo‘lidagi muhim ijobiy natijalardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun