Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Date:

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etdi. Quduqsoy mahallasida 33-sonli umumta’lim maktabi uchun barpo etilgan yangi o‘quv binosi o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Qariyb 3,7 milliard so‘mlik loyiha doirasida 240 o‘rinli zamonaviy bino qad rostladi. Unda yorug‘ va shinam sinfxonalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda zarur o‘quv jihozlari o‘rnatilib, o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhiti yaratildi.

Mazkur bunyodkorlik obyektida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Nodira Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, sinfxonalarning jihozlanishi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari ko‘zdan kechirildi. Maktab ma’muriyati va pedagoglar jamoasiga tegishli tavsiyalar berildi.

Quduqsoy mahallasida bunyod etilgan yangi maktab binosi — ta’limga qaratilayotgan e’tibor va yosh avlod kelajagiga qo‘yilayotgan muhim sarmoyaning amaliy ifodasi bo‘ldi. Mustaqillik bayrami arafasidagi ushbu bunyodkorlik tashabbusi mahalla bolalari uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun