Ezgulik ulashib…

Date:

Termiz shahrida inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan ezgu tashabbuslar davom etdi.

Davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida faol nuroniylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlariga jalb etish bo‘yicha 405-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda “Ezgulik chellenji” doirasida Termiz shahar hokimligi va shahar “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida shahardagi 37 ta mahallada faol nuroniylarga biriktirilgan, ijtimoiy reestrda turuvchi ehtiyojmand oilalarning 236 nafar farzandiga o‘quv sumkalari va zarur o‘quv qurollari manzilli yetkazib berildi. Shuningdek, 5 ta ehtiyojmand oilaga farzandlari uchun qulay ta’lim sharoitini yaratish maqsadida 5 ta parta va 10 ta stul topshirildi.

Mustaqillik bayrami arafasida ko‘rsatilgan bunday amaliy ko‘mak xonadonlarga quvonch ulashib, bolalarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashiga munosib imkon yaratdi.

Ezgu tashabbusning mazmuni esa oddiy yordamdan ko‘ra kengroq — mehr va e’tibor orqali inson qadrini ulug‘lash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodga kelajakka ishonch berishdan iborat bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun