Ayol — hayot chirogʻi

Date:

Termiz shahridagi “Olmos” tantanalar saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda mo‘tabar onaxonlar, faol opa-singillar hamda turli sohalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etib, ularning jamiyat va oila hayotidagi beqiyos o‘rni, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, xotin-qizlarning ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari shahar rivojiga muhim hissa bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Bayram davomida madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tadbir ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun