Qamrovi oshmoqda

Date:

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim bilan qamrab olish bugungi kunning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda hududlarda zamonaviy bog‘chalar tashkil etilib, bolajonlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida bo‘sh turgan binoda davlat-xususiy sheriklik asosida “Surxon Gold-River” maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 100 o‘rinli mazkur muassasa zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Yangi bog‘chaning ishga tushirilishi hududda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, bolalarni maktabga puxta tayyorlash hamda ota-onalar uchun qulaylik yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun