Ayollarga yuksak ehtirom

Date:

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida “Yangi O‘zbekiston ayollari – kuch, mehr va ilhom timsoli” shiori ostida viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga viloyatning barcha tumanlari studiya orqali ulanib, bayram vohaning har bir hududida keng nishonlandi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ayollarning jamiyat va oila ravnaqidagi beqiyos o‘rni, fidokorona mehnati alohida e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy unvon, orden va medallar topshirildi. Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar e’zozlandi.

Bayram vohamiz san’atkorlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Oldingi sahifaRaqiblaridan ustun
Keyingi sahifaAyol — hayot chirogʻi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun