Qiymati 7 milliard so‘m

Date:

Qumqo‘rg‘on tumani, “Azlarsoy” mahallasida “Abdurahim” MCHJ tomonidan asfaltbeton ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda. Mazkur loyiha hududda yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiymati 7 milliard so‘mlik loyiha to‘liq ishga tushirilgach, korxona soatiga 120 tonna, yiliga esa 850 ming tonna asfaltbeton mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Yangi korxona tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun sifatli asfaltbeton mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun