Yer kelajagi — yoshlar qo‘lida!

Date:

22-aprel – Butunjahon Yer kuni munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida mazmunli va amaliy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi. Ushbu sana nafaqat tabiatni asrash, balki kelajak avlodda ekologik mas’uliyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Tadbir Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari, Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamkorligida o‘tkazildi. Unda geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan zamonaviy geodezik asbob-uskunalar taqdim etilib, ularning ishlash prinsiplari amaliy tarzda tushuntirildi. Shuningdek, ochiq dars shaklida seminarlar tashkil etilib, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va real jarayonlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, shaxmat va shashka musobaqalari hamda rahbarlar bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, bu yoshlarning nafaqat kasbiy, balki intellektual rivojiga ham xizmat qildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodni ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka undaydi, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda soha mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish orqali kelajak faoliyatiga mustahkam zamin yaratadi. Yer kuni doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbir yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, tabiatni asrash g‘oyalarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun