Raqiblarin mag‘lub etib…

Date:

Sportni rivojlantirish va yosh iqtidorlarni kashf etishda respublika miqyosidagi musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday bellashuvlar sportchilarning mahoratini oshirib, ularni katta yutuqlarga ruhlantiradi.

Toshkent shahrida erkin kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi yuqori saviyada yakunlandi. Unda Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi vakillari ham munosib ishtirok etib, 86 kg vaznda Otabek Salomov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 125 kg vaznda Namoz Abdurashidov barcha raqiblarini mag‘lub etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuqlarda murabbiy N. Umbarqulovning hissasi alohida e’tirof etildi.

Mazkur natijalar sportchilarimizning yuqori tayyorgarligi va mehnatsevarligini ko‘rsatib, Surxondaryo sport maktabi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...

Ustuvor vazifalar belgilandi

Termiz shahridagi San’at saroyida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning...
KunTun
KunTun