Surxondaryo viloyatida aholiga tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi uchun yangi besh qavatli shifoxona binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan muassasa bemorlar uchun qulay sharoitlar va ilg‘or tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yangi shifoxonada bo‘lib, bo‘limlar faoliyati, shifokorlar mehnat sharoiti hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi. Tashrif davomida shifoxona jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, soha faxriylari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar e’tirof etildi.
Shuningdek, yangi bino ishga tushishi natijasida bo‘shab qolgan eski shifoxona binosidan aholining ehtiyojlarini inobatga olgan holda samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

