Sherobodda Navro‘z shodiyonalari

Date:

Yurtimizda qadimiy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan, inson qalbiga yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat tuyg‘ularini olib kiradigan Navro‘z umumxalq bayrami har yili katta shodiyona bilan kutib olinadi. Sherobod tumanida ham ushbu qutlug‘ bayramni yuqori saviyada o‘tkazish uchun keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Navro‘z — eng avvalo, ezgulik, mehr-muruvvat va yangilanish timsolidir. Bayram arafasida ham, bayram kunlarida ham yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz bir-biriga mehr ko‘rsatib, o‘zaro ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga intiladilar. Dehqonlarimiz ezgu niyatlar bilan yerga urug‘ qadab, yangi hosil umidi bilan mehnatga kirishsa, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz farzandlari hamda nabiralari bilan birgalikda ko‘chat ekib, tabiatni yanada obod qilishga hissa qo‘shmoqdalar.

Mahallalarda esa obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilib, yangi bog‘lar barpo etilmoqda. Bu jarayonlarda yoshlar, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni yanada chiroyli va obod maskanga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Navro‘z shodiyonalari doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, milliy o‘yinlar, konsert dasturlari hamda xalq sayillari tashkil etilib, tuman ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Shubhasiz, Navro‘z umumxalq bayrami xalqimizni yanada jipslashtirib, yurtimizda tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida ezgu niyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu qutlug‘ bayramni munosib kutib olish maqsadida tayyorlangan tantanalar xalqimizga unutilmas lahzalar tuhfa etishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun