Bobur chempion bo‘ldi

Date:

Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Millennium Team Cadet European Cup 2026 xalqaro turnirining ilk kungi bahslarida O‘zbekiston vakili, jarqo‘rg‘onlik sportchi Bobur Yusupov yuksak natija qayd etdi.

55 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan yosh dzyudochi musobaqa davomida barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda ham ustunlikni qo‘ldan boy bermagan Bobur Yusupov oltin medalni qo‘lga kiritib, turnir chempioniga aylandi.

Sportchining ishonchli va faol kurashi uning texnik tayyorgarligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini yaqqol namoyon etdi. Ushbu muvaffaqiyat nafaqat yosh sportchining shaxsiy yutug‘i, balki mamlakatimiz dzyudo maktabining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun