Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Date:

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish izchil davom etmoqda. Xususan, Oltinsoy Business Magnat tomonidan 1,3 million AQSh dollari qiymatida barpo etilgan zamonaviy limonxona samarali faoliyat yuritmoqda.

Korxona yiliga 600 tonna mahsulot yetishtirish quvvatiga ega bo‘lib, to‘liq ishga tushgach 60 nafar mahalliy fuqaroning doimiy bandligini ta’minlaydi. Bu loyiha hududda nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish, balki aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida limon nihollari orasiga kartoshka ekilib, ilk hosil olindi. Shuningdek, qator oralari maydonlarida tarvuz yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Hududda energiya tejamkor issiqxonalar va intensiv bog‘dorchilik loyihalarini kengaytirish ishlari davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun