YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Date:

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik kameralar orqali rasmiylashtiriladi. Agar haydovchi jarimani asossiz deb hisoblasa, u belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Jarima kamera xatosi, texnik nosozlik, qarorni rasmiylashtirishdagi xatolar, avtomobil o‘g‘irlangan yoki boshqa shaxs tomonidan boshqarilgan holatlarda bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, inspektor protsessual talablarni buzgan bo‘lsa ham shikoyat qilish uchun asos bo‘ladi. Bunda haydovchi o‘z pozitsiyasini foto, video yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlashi zarur.

Shikoyat qaror olingan kundan boshlab 10 kun ichida beriladi. Muddat uzrli sabab bilan o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, uni tiklash mumkin, biroq sabablar hujjat bilan tasdiqlanishi shart. Murojaatni my.gov.uz portali orqali onlayn yuborish yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga berish mumkin.

Shikoyat berilganda jarimani darhol to‘lash talab etilmaydi. Agar shikoyat rad etilsa, to‘lov rad javobi olingan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi. Shikoyat berilmagan taqdirda esa jarima 60 kun ichida to‘lanishi lozim. E’tiborli jihat shundaki, shikoyat berilganda 15 kunlik 50 foizlik yoki 30 kunlik 30 foizlik chegirma amal qilmaydi.

Belgilangan muddatda to‘lanmagan jarima majburiy ijroga yuboriladi va qo‘shimcha xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, jarima bilan rozi bo‘lmasangiz, 10 kunlik muddatni o‘tkazmasdan murojaat qilish muhim.

Oldingi sahifaTajribasi g‘alabaga eltadi
Keyingi sahifaUstamasi bor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun