Elchilar bilan muloqot

Date:

Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari hamda mamlakatimizning Yaponiya, Xitoy, Ukraina, Qatar va Afg‘onistondagi Favqulodda va muxtor elchilari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazdi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida har bir davlat bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar belgilab olinib, Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun