Sangardakda yirik loyihalar jadallashmoqda

Date:

Sariosiyo tumanidagi Sangardak turizm markazida tog‘ dor yo‘li, mehmonxonalar, restoranlar, kapsula uylar, bungalovlar, mehmon uylari, savdo bozorchasi, avtoturargohlar hamda turli xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov Sangardak mahallasiga tashrifi davomida mas’ullar bilan birgalikda turizm markaziga kirish qismida barpo etiladigan stella, infratuzilma obyektlari va boshqa turizm loyihalarining amalga oshirilishini o‘rgandi. Dastlab tog‘ dor yo‘li qurilishi ko‘zdan kechirilib, ishlarni jadallashtirish hamda loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tog‘ hududida barpo etilayotgan zamonaviy dam olish maskanlari loyihalari o‘rganilib, qurilish sifatini ta’minlash, me’yorlarga qat’iy rioya etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari muhokama qilindi. Hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida ko‘chat ekish ishlari ham amalga oshirildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur turizm majmuasi kelgusida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda Sangardakni mamlakatimizdagi yirik sayyohlik maskanlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun