Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Date:

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Quduqsoy mahallasida 50 gektar maydonda tashkil etilgan Termiz erkin iqtisodiy zonasining Bandixon filialida zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Rossiyalik investor Sergey Polyaxov tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida meva sharbatlari ishlab chiqarish hamda quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Korxona asosan mahalliy xomashyoga tayanib ishlaydi.

“Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida Bandixon tumanida yetishtirilgan meva-sabzavotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholidan xarid qilinishi ko‘zda tutilgan. Bu esa dehqon va tomorqa egalari uchun barqaror bozor yaratib, ularning daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.Mazkur loyiha yuzasidan tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, investor Sergey Polyaxov, fermer xo‘jaliklari hamda mahalla raislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, investor tomonidan tumanda “QUYOSHLI” MCHJ korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda loyiha-rejalashtirish va tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hajmi ortishi hamda eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun