Bog‘chalar qamrovi kengaytirilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish maqsadida mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni bog‘chalarga moslashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifi davomida 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan 2026-yilga qadar 3–7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish bo‘yicha reja va ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

Shuningdek, bo‘sh binolarda davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, qamrovni kengaytirish va shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Tashrif doirasida “Yakkabog‘” mahallasida joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish markazi faoliyati ham o‘rganildi. Viloyat rahbari markaz faoliyatini kengaytirish, shuningdek, tuman markazida ham shunday xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun