Masʼuliyat yuki

Date:

Xalqimizda yo‘l va ko‘prik qurish savobli amallardan biri degan naql bor. Ana shu purmaʼno naqlga binoan ish yuritayotgan oltinsoylik yo‘lsozlar tuman markazidan “Xo‘jaipok”  ziyoratgohigacha bo‘lgan masofadagi yo‘lni taʼmirlab, asfalt yotqizish ishlarida faollik ko‘rsatishmoqda.

Tuman hokimi Bahrom Maxmatrayemov yo‘lsozlar tomonidan bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ularga qurilish  ishlarini belgilangan muddatda sifatli qilib bajarish borasida topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Darvoqe, ushbu yo‘l muhim strategik ahamiyatga ega obyekt hisoblanadi. Chunki ushbu yo‘l ichki turizmni rivojlantirishda muhim bo‘lgan “Xo‘jaipok” ziyoratgohini bog‘laydi, ikkinchidan, ko‘mir konidan foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yo‘lsozlar alohida masʼuliyat bilan mehnat qilishmoqda.

Oldingi sahifa“Kontrakt” oshmaydimi?
Keyingi sahifaYoʻnalish aniq

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun